
G'ijduvon markazida qurilgan yangi avlod turar-joyi
3 blok, 224 xonadon. 2-liniya avtonom elektr va 6 bosqichli filtrlangan suv, 200+ daraxtli hovli, 24/7 xavfsizlik — Family Park'ning 9 yillik tajribasi bilan quriladi.
- 3
- Blok
- 224
- Xonadon
- 7 mln
- so'm/m² dan
Family Park'dan — XUMO TJM
G'ijduvon tumanining markazida, B. Naqshband ko'chasi 98-uyda — sobiq «Xumo» to'yxonasi o'rnida quriladigan 9 qavatli, 3 blokli turar-joy majmuasi. 224 xonadon — 1, 2, 3 va 4 xonali formatlarda, har biriga balkon.
Loyiha Family Park qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda — 9 yildan beri G'ijduvon va Buxoroda uy quradigan, 10 dan ortiq loyihani muvaffaqiyatli topshirgan kompaniya.
- 3
- Blok
- 9
- Qavat
- 224
- Xonadon
- 100+
- Avtoturargoh joyi

Oddiy uydan farqi nimada?
32 ta afzallikning har biri narx ichida — qo'shimcha to'lov yo'q.
Svet o'chmaydi
2-liniya avtonom elektr ta'minoti xonadon ichkarisigacha kiritiladi — shahar tokdan uzilganda ham yorug'lik, muzlatgich va rozetkalar ishlaydi.
Toza ichimlik suvi
6 bosqichli filtrlangan suv alohida 2-liniya orqali to'g'ridan-to'g'ri jo'mragingizga uzatiladi.
O'z qozonxonasi
Markaziy isitish tizimi majmua hududida — qishda barqaror va bir maromda issiqlik.
24/7 xavfsizlik
Kuzatuv kameralari, qo'riqlash xizmati va yopiq hovli — bolalar bemalol o'ynaydi.
200+ daraxtli hovli
Ko'kalamzorlashtirilgan, bolalar uchun 4 xil maydoncha, hovliga mashina kiritilmaydi.
FUJIHD liftlar
Har bir kirishda zamonaviy, keng kabinali tezkor liftlar.
100+ avtoturargoh
Keng avtoturargoh joylari — mashinangizni hovlida qidirmaysiz.
Energotejamkor devorlar
30 sm gazoblok + 5 sm bazalt izolyatsiyasi — qishda iliq, yozda salqin.
Bepul Wi-Fi
Hovli hududida 300 Mb/s tezlikdagi bepul internet.
O'zingizga mos xonadonni toping
Blokni tanlang, qavatni ko'ring, xonadon haqida to'liq ma'lumot oling — hammasi bir necha bosishda.
Xonadon tanlashni boshlash17 ta haqiqiy planirovka
1, 2, 3 va 4 xonali xonadonlar — aniq o'lchamlar bilan. Rasmni bosib to'liq ko'rishingiz mumkin.
XUMO qanday ko'rinadi
Arxitektura loyihasining 3D vizualizatsiyalari — qurilish rejasiga asosan.





G'ijduvon markazida — hammasi yaqin
B. Naqshband ko'chasi, 98-uy — sobiq «Xumo» to'yxonasi o'rnida. Maktab, bozor, bog'cha va sport majmuasi — piyoda yetib boriladigan masofada.
Xaritada ko'rish- 3min
- Bog'cha
- 5min
- 12-maktab
- 5min
- Suzish havzasi
- 6min
- Dehqon bozori
- 7min
- Korzinka
- 7min
- Sport kompleks
- 7min
- Bolalar sayilgohi (Park)
- 7min
- Abdulxoliq G'ijduvoniy ziyoratgohi
9 yil davomida G'ijduvon va Buxoroda 10 dan ortiq loyihani muvaffaqiyatli topshirdik. XUMO TJM — bizning navbatdagi yirik loyihamiz.— Feruz Sharipov, Family Park rahbari
Savolingiz bormi?
Menejerimiz 10 daqiqa ichida siz bilan bog'lanadi va barcha savollaringizga javob beradi.
















